POZITSIYA (harbiyda) — harbiy qismlar egallagan yoki ularning joylashishi uchun tayyorlangan maxsus oʻrin. Pozitsiya muhandislik jihatidan puxta ji-hozlanadi va eshelonlashtirilgan mudofaa doirasining asosiy qismi hisoblanadi. Pozitsiyaning asosini mudofaadagi qism yoki boʻlinmalarning oʻzaro yagona oʻt ochish tizimi bilan birlashtirilgan tayanch nuqtalar (punktlar) tashkil etadi. Har bir Pozitsiya okoplar, pana joylar, aloqa yoʻllarini tutashtiruvchi transheyalar bilan oʻraladi. Bunday mu-handislik jihoz shaxsiy tarkib, qurolyarogʻ, oʻqdorilarning yashirin joylashishiga imkon yaratadi va Pozitsiyada harbiy kuchlarning manyovr qilishiga yaxshi koʻmak koʻrsatadi. Muayyan vari-antlarda mudofaa doirasi ichkarisida oraliq P. qurilishi ham ehtimoldan xoli emas. Dushmanni chalgʻitish maqsa-dida muxim yoʻnalishlarda mudofaa chi-zigʻidan ancha oldinda Pozitsiya barpo etiladi. Bundan tashqari, mudofaa ichkarisida soxta Pozitsiya qurilishi, boʻlinma va oʻt ochish vositalarining jang vaktidagi hara-katlari uchun qoʻshimcha yoki muvaqqat Pozitsiya ham tashkil etilishi mumkin. Yalpi hujumga oʻtish oddidan boshlangʻich yerlarda motorlashtirilgan piyoda boʻlinmalar va tanklar uchun kutish Pozitsiyasi, raketa qoʻshinlarining uchirish qurilmalari uchun start Pozitsiyasi, artilleriya, minomyot va h. k. oʻt sochish qurollari uchun oʻt ochish Pozitsiyasi barpo etiladi.