POZITSIYA (lot. positio — holat, vaziyat) — 1) biron narsaning joylashishi, dastlabki oʻrni (mas, shaxmat taxtasidagi donalar Pozitsiyasi);
2) biron-bir masala yuzasidan bildirilgan fikr, nuqtayi nazar; dalil, voqea, hodisaning muayyan bahosi; shu bahoga muvofiq amalga oshirilgan xatti-harakat.