PREFIKS

PREFIKS (lot. praefi xus — old tomonga mahkamlab qoʻyilgan) — affikslarning bir turi; oʻzak oldidan qoʻshiladigan soʻz yasovchi qoʻshimcha. P. uzbek tili uchun xos emas. Oʻzbek tilida qoʻllanadigan ba-, be-, bo-, no-, ser – kabi Prefikslar fors tilidan kirib kelgan, anti-, kontr-, sub-, super – kabilar esa baynalmilal Prefiks lardir. Mas, badavlat, bedavo, boodob, notoʻgʻri, serfarzand; antiinsoniy, kontrhujum, submaxsulot, superyutuq va b.

Prev Article

PRETOR

Next Article

PREFORMIZM