PRIZMA

PRIZMA (yun. prisma — qirqilgan, arralangan) — ikki yogi (P. ning asoslari) teng va parallel koʻpburchak, boshqa yoklari (P. ning yoklari) parallelogramm boʻlgan koʻpyoqlik. Parallelogrammlar Prizmaning har ikki asosi bilan umumiy tomonlarga ega boʻlishi ke-rak. Prizmani yoʻnaltiruvchisi koʻpburchak boʻlgan silindr deb qarash mumkin. Yon qirralari asosiga perpendikulyar boʻlgan Prizma toʻgʻri , aks holda ogʻma Prizma deyiladi (rasmga q.). Asosi muntazam a b v g koʻpburchakdan iborat toʻgʻri Prizma muntazam deyiladi. Asosining shakliga karab Prizma uch burchakli, toʻrt burchakli va b. deb yuritiladi. Prizmaning hajmi asos yuzi bilan balandligi (asoslari orasidagi masofa) koʻpaytmasiga teng.

Prev Article

PRJEVALSKIY OTI

Next Article

PRIZREN