PROKOFYEV Sergey Sergeyevich

PROKOFYEV Sergey Sergeyevich [1891. 11 (23).4, Donesk viloyati Sonsovka qishlogʻi — 1953.5.3, Moskva] — rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, xalq artisti (1947). Italiya (1934), Shvetsiya (1947) musiqa akademiyalari aʼzosi. Peterburg konservatoriyasini kompozitsiya (1909), fortepiano va di-rijyorlik (1914) buyicha tugatgan. 1918—32 y. larda AQSH va Yevropada yashagan, 1933-y. dan Moskva konserva-toriyasi huzuridagi Oliy mahorat maktabida dare bergan. Prokofyev ijodi 20-a. jahon musiqa madaniyatida butun bir davrni tashkil qiladi. U musiqa sanʼatining uslubiy, badiiy-ifodaviy (ayniqsa, garmoniya, kuy) tizimlarini yangilab, oʻziga xos yoʻl ochdi va koʻpgina (jumladan, Oʻzbekiston) kompozitorlar ijodiga taʼsir koʻrsatdi. Asarlari hayotbaxshligi, kuchli iroda va erkin ruhi, nafis lirikaga boyligi bilan ajralib turadi. Deyarli barcha musiqa janrlariga muro-jaat qilgan Prokofyev musiqiy portret ustasi sifatida tanilgan. Ijodida musiqali sahna janri asosiy oʻrin tutadi. Uning «3 apelsinga muhabbat», «Olovli farishta», «Urush va tinchlik» ope-ralari, «Romeo va Julyetta», «Zolushka», «Tosh gul haqida xikoya» baletlari, «Aleksandr Nevskiy» kantatasi, cholgʻu konsertlari, 1-, 5—7 – simfoniyalari, koʻpgina kamer-cholgʻu asarlari, kinofilmlarga yozgan musikalari 20-a. musiqasining mumtoz namunalaridir. Davlat mukofoti laureati (1943, 1946, 1947, 1951).

Navoiy teatrida Prokofyevning «Zolushka», «Olovli farishta», soʻnggi yillarda «Romeo va Julyetta» asarlari sahnalashtirilgan.

Prev Article

PROKL

Next Article

PROKSIMA