Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

PROPAN

PROPAN, CH3CH2CH3 — toʻyingan uglevodorod, rangsiz, hidsiz yonuvchi gaz; suyuklanish t-rasi — 187,7°; P. erituvchi sifatida, qurum olishda, metall qirqishda, avtomobillar uchun tutunsiz yonilgʻi, butan bilan aralashmasi maishiy gaz sifatida ishlatiladi. Sanoatda Propanni katalitik degidrogenlab propilen, nitrolab esa nitrometan olinadi.

Prev Article

PROMOTORLAR

Next Article

PROPILEY