PROTAGOR (Protagoras) Abderalik (mil. av. taxm. 480—410) — yunon faylasufi, sofistlarning mashhur vakili. Asarlari bizgacha yetib kelmagan. U talabalarga falsafa, notiklik va bahs sanʼatidan saboq bergan. Protagor falsafa-sining asosiy qoidasi «inson barcha mavjud boʻlgan va mavjud boʻlmagan narsalarning mezonidir» degan tezisda oʻz ifodasini topgan. Uning fikricha, barcha narsa nisbiydir. Protagor oʻzini «sofistlar va odamlarning ustozi» deb atagan. U xudolarning mavjudligini ham, mavjud emasligini ham bilib boʻlmay-di, deb hisoblagan. Protagor «Xudolar haqida» kitobi uchun daxriylikda ayblangan, asari yoqib yuborilgan, oʻzi Afinadan badargʻa qilingan. Jan. Italiyadan Si-siliyaga ketayotib, Messina boʻgʻozida suvga choʻkib halok boʻlgan. Platon unga bagʻishlab «Protagor» asarini yozgan.