PRUJINA (rus.) — qisilganda hosil boʻladigan elastik kuch hisobiga mexanik energiya hosil qiladigan va turtkilarni yumshatadigan detal. Taʼsir qiluvchi kuch turiga qarab, egiluvchan (P. oʻqiga perpendikulyar kuchlarni qabul qiluvchi, buraluvchi, choʻziluvchi, siqiluvchi va b.), plastinkasimon, spiralsimon, vintsimon, tarelkasimon, halqasimon va b. xillarga boʻli-nadi. Prujina oʻramining kesim yuzi shakliga qarab, doyra, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, bir necha simlar oʻralgan xillari bor. P., asosan, tarkibiga uglerod va marganes, kremniy, xrom qoʻshilgan poʻlat, plastmassa, latun, bronza va b. materiallardan tayyorlanadi. Prujina soat mexanizmlarida, t. y. buferlari, tir-kash qurilmalari, amortizator va tex-nikaning boshqa sohalarida qoʻllaniladi.