QABILA

QABILA (arab.) — urugʻ-aymoq, bir ota-onadan tarqalgan bir necha guruh uyushmasi, etnik birlik. Naslnasab jihatidan bir xil boʻlgan kishilar toifasi, guruhi. Qabila aʼzolari oʻrtasidagi qonqarindoshlik aloqalarining mavjudligi, urugʻ va boʻgʻinlarga birikishi uning asosiy belgisidir. Shuningdek, Qabilaning boshqa belgilari ham mavjud boʻlib, bular uning maʼlum bir hududga ega ekanligidan, qabiladoshlarning iqtisodiy birligi, yagona qabilaviy tili va nomi, Qabila kengashi va harbiy boshliqlarning oʻzini oʻzi boshqarishdan iboratdir. Qabila ittifoqlarining tuzilishi, bir Qabilaning 2sini boʻysundirishi, Qabila larning boshqa yerlarga koʻchib oʻtishi, ularning oʻzaro qoʻshilib ketib yanada yirikroq etnik birlik — elatlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Urxun yozuvlarida mustaqil Q. barpo etish uchun 700 kishi boʻlishi lozimligi aytilgan.

Prev Article

QABZIYAT

Next Article

QABR