QABRISTON, mozor — marhumlar dafn etiladigan maxsus joy. Qabriston turlari va ularni muhofaza qilish tartibi dafn marosimi, muayyan xalq, din, mazhab, ijtimoiy guruh va boshqalar, shuningdek, hokimiyat organlari tomonidan oʻrnatilgan maʼmuriy va sanitariya normalari bilan belgilanadi. Dafn etish joylari antik davrda va qadimiy Sharqda nekropol deb atalgan. Oʻzbekistonda Qabristonga qadimdan alohida eʼtibor berilgan. Q uchun koʻpincha tepalik joylar tanlangan, atrofi devor yoki panjaralar bilan oʻralgan. Mashhur kishilar uchun esa maqbaralar qurilgan. Oʻrta Osiyoda yashovchi boshqa dinga mansub xalqlarning alohida Qabriston lari boʻlgan (mas, Buxoro yahudiylari qabristoni, eroniylar qabristoni (shialar uchun), yevropaliklar qabristoni va boshqalar).