QALANDARIY

QALANDARIY — Shashmaqomda Dugoh maqomining Moʻgʻulcha shoʻbasi shoxobchalaridan; Moʻgʻulchai Dugoh Talqinchasining maʼlum varianti, chapandoz doira usulida ijro etiladi. Uning tarkibida daromad, miyonxat, Muxayyari Chorgoh namudi va tushirim qismlari mavjud. Ufar doira usulidagi qisqa varianti Fargʻona vodiysida xotin-qizlar tomonidan sevib kuylanadi. Qalandariyning turli variantlari bor: «Q1», «Qalandariy2» va boshqalar Ularning kuy-ohanglaridan bastakor va kompozitorlar ijodida keng foydalanilgan. Muqimiyning «Soyayi», Koriyning «Ajab bir nozanin» soʻzlari bilan boshlanadigan gʻazallari Qalandariy yoʻllarida aytiladi. T. Jalilov «Tohir va Zuhra» musiqali drama va operasida Q chapandozidan ariya sifatida foydalangan. Yu. Rajabiy «Q1» avjiga Zebo pari avjini kiritib, ashula mazmunini yanada teranlashishiga erishgan. Qalandariy yoʻllari cholgʻu kuylar sifatida ham mashhur.

Prev Article

QALANDAR

Next Article

QALANDARXONA MASJIDI