QALAY OKSIDLARI — Qalay monooksid, 5pO — qora kristallar; zichligi 6,446 g/sm*, tetragonal panjarali. 90 GPa bosim ostida rombsimon modifikatsiyaga oʻtadi. Amfoter, asosli xossalari kuchliroq. Kislotalarda erib 8p2ʻ tuzlarini hosil qiladi; kislotali eritmalarda — qaytaruvchi, 8p4+ gacha, 400° dan yuqori trada 8gYu2 gacha oksidlanadi; kislorodsiz muhitda 180° dan yuqori trada 8p02 va 8p ga aylanadi. 8p02, 5p(ON2) qalay oksalat va boshqalar 5p2+ tuzlarini vakuumda, azot va boshqalar inert gazlar atmosferasida parchalash, shuningdek, 5p ni oksidlash yoʻli bilan olinadi. 8p2+ tuzlarini olishda, katalizator sifatida, shisha sanoatida qora pigment tayyorlashda, metallurgiyada qaytaruvchi oʻrnida ishlatiladi.
Qalay dioksid, ZpO, — tetragonal panjarali rangsiz kristallar. Suyuqlanish t-rasi 1630°, zichligi 7,01 g/ sm3. Suvda erimaydi; kislotalar, tuzlar, ishqorlarning suvdagi eritmalari taʼsiriga chidamli. Tabiatda 5p02 — kassiterit minerali (qalaytosh). Keramika sanoatida shaffof, elektr oʻtkazuvchi va issiq qaytaruvchi material, shisha, issiqbardosh emallar va sirlar ishlab chiqarishda oq pigment, gidroliz va oʻrin almashinish reaksiyalarida katalizator sifatida ishlatiladi.