QALAY XLORIDLARI

QALAY XLORIDLARI, Qalay dixlorid, 8pS12 — oq rangli kristallar. Suyuqlanish t-rasi 246°, qaynash t-rasi 652°, zichligi 3,95 g/sm3. Suv, etanol va boshqalar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Eritmasi kuchli qaytaruvchi. 8pS12 ga xlor taʼsir ettirilsa, 8pS14 gacha, kislorod taʼsir ettirilsa, oksoxlorgacha oksidlanadi. Ammiak bilan 8pS12pTch1N3 (p=1, 4,9) tarkibli ammiakatlar, metall xloridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Qalayga xlor, xlorid kislota va boshqalar metallarning xloridlarini taʼsir ettirib olinadi. Epoksidlarning polimerlanishida katalizator, organik sintezda qaytaruvchi, gazmollarni boʻyashda, shisha va plastmassalar sirtining adgeziyasini (metall yugurtirishdan avval) oshirishda, kavsharlashda flyus komponenti sifatida qoʻllanadi.

Qalay tetraxlorid, 8pS14 — havoda tutaydigan tiniq suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi —33°, qaynash t-rasi 114°, zichligi 2,23 g/sm3. Suv bilan yaxshi aralashadi, bunda eritmaning hajmi 2 komponent hajmi yigʻindisidan sezilarli darajada kamroq boʻladi. Qalay metali yosi 8pS12 ga xlor taʼsir etishidan hosil boʻladi. Texnikada oq tunuka qoldiqlariga xlor taʼsir ettirib olinadi. Qalay va qalay organik birikmalar, polimerlanish katalizatori ishlab chiqarishda, gazlamalarni boʻyashda, yorugʻlik nurini sezgir qogʻoz ishlab chiqarish da qoʻllanadi.

Prev Article

QALAY RUDALARI

Next Article

QALAYTOSH