QALDIROQ GAZ — 2 hajm vodorod va 1 hajm kislorod aralashmasi. Yonganda portlaydi. ʻ 2N2+02=2N20+572,5 kJ (136,74 kkal) reaksiyasida t-ra 2500 — 3000° gacha koʻtariladi. Shuning uchun Qaldiroq gaz alangasidan kvars, platina va boshqalarni suyuklantirishda, gazli payvandlashda hamda metallarni kesish va teshishda foydalaniladi.