QALMOQLAR

QALMOQLAR, qalmiqlar (oʻzlarini xalmg deb atashadi) — xalq, Qalmogʻistonning asosiy aholisi (146 ming kishidan ziyod); RF da jami 166 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Qalmoq tilida soʻzlashadi. Dindorlari — buddaviylar; pravoslavlar ham bor. Mil. 1-ming yillik va 2-ming yillikning boshlarida Qalmoqlarning ajdodlari (oyrotlar), yirik siyosiy uyushmalar dunxu, syanbi, jujanlar, kidanlar tarkibiga, 13—14-asrlarda Chingizxon va vorislari davlati tarkibiga kirgan. 16-asr oxiri — 17-asrning 1-choragida Q Rossiya chegaralariga, Volganing quyi oqimi va Kaspiy boʻylariga koʻchib oʻtib, rus fuqaroligini olishgan. Ular joylashgan hoz. hududda asosiy negizi oyrotlardan iborat boʻlgan Qalmoqlar elati shakllangan. Qalmoqlar chorvachilik, dehqonchilik bilan shugʻullanadi.

Prev Article

QALLIYEV

Next Article

QALMOQQIR MIS KONI