Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

QAMARIYA

QAMARIYA (arab.) — Oy kalendarining eski nomi; musulmon olamining taqvimi. Qamariy yilda 12 oy boʻlib, Muharram, Safar, Rabiulavval, Rabiulsoniy, Jumodulavval, Jumoduloxir, Rajab, Shabon, Ramazon, Shavvol, Zulqaʼda va Zulhijja nomlari bilan ataladi (q. Kalendarʼ).

Prev Article

QAMARIY YIL

Next Article

QAMASHI