QAMASHI

QAMASHIQashqadaryo viloyatidagi shahar (1978-yildan). Qamashi tumani markazi (1974 yil 23 dek. gacha Qamashi qishlogʻi). T. y. stansiyasi. Qamashidan Karshi shahrigacha 63 km. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha Q nomi oʻzbekqoʻngʻirot urugʻining qamaychi tarmogʻi nomidan olingan. Aholisi 34 ming kishi (2005). Qamashida paxta tozalash z-di, koʻrpa paxta f-kasi, qurilish materiallari k-ti va boshqalar qurilish tashkilotlari, MTP, 2 avtokorxona, «Mikron» firmasi (makaron ishlab chiqaradi), terini qayta ishlash korxonasi, momiq f-kasi, ishlab turibdi. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshma korxonalar mavjud. 2 litsey, 32 kasb-hunar kolleji, 5 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uyi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar va tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qamashidan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.

Prev Article

QAMARIYA

Next Article

QAMASHI SUV OMBORI