QAMBAR

QAMBARqorakoʻl teri turi (guruhi). Rangi och kulrang, oʻrta va toʻq malla. Ular orasida malla (shuturi — tuyarang) tusi qimmatli hisoblanadi. Gullari yirik, jun qoplami siyrak va dagʻalroq. Qambar terilar guruhi gullarining shakli, kengligi, uzunligiga, terining yupqaqalinligiga koʻra qalamgul, qovurgʻasimon, yassigul, oʻsiqgul kabi navlarga boʻlinadi.

Prev Article

QAMASHI SUV OMBORI

Next Article

QAMISH