QANLIKOʻL

QANLIKOʻLQoraqalpogʻiston Respublikasi Qanlikoʻl tumanis&tm shaharcha (1982-yildan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Oltinkoʻl (1 km). Q dan Nukusgacha 90 km. Aholisi 10,6 ming kishi (2005). Shaharchada paxta tozalash, gʻisht zdlari, avtokorxona, qurilish korxonalari, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 1 qoʻshma, shuningdek, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, 2 shirkat korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, sanoattransport kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, stadion, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Qanlikoʻldan Nukus, Qoʻngʻirot, Kegeyli, Shumanay shahrilariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.

Prev Article

QAND-SHAKAR SANOATI

Next Article

QANLIKOʻL TUMANI