Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

QANOR

QANOR — katta qop. Boʻz yoki kanop (qopbop) matodan tayyorlangan, asosan, paxta va somon tashishda ishlatilgan. 50-y. lar oxiriga qadar Oʻzbekistonda xoʻjaliklar paxtani tayyorlov punktlariga Qanor larda tashib topshirgan. Qanorga 80—100 kg paxtani tiqib joylash mumkin boʻlgan. Paxtani tirkama aravacha (pritsep)larda tashishga oʻtilishi bilan Qanor ishlatilmaydigan boʻldi.

Prev Article

QANLIKOʻL TUMANI

Next Article

QANOS