QAVOMUDDIN ShEROZIY

QAVOMUDDIN ShEROZIY (? 1440) — meʼmor; Shohrux saroyidagi bosh meʼmor (15-asr). Anʼanaviy meʼmorlikda shaklu shamoyillarni mahorat bilan tatbiq etgan, ravoqlar kesishishi uslubini rivojlantirgan. Mashhaddagi Gavharshod begim meʼmoriy majmuasi (1405—18), Hirotdagi Musallo majmuasi (1417—38) va Xoja Abdulla Ansoriy maqbarasi (1428 — 29), Hargirddagi madrasa (1440) va boshqalar mahobatli binolarning tarhini tuzgan va qurilishiga rahbarlik qilgan.

Prev Article

QAVVALI

Next Article

QAVS