QAYINDOSHLAR — qayinnamolar qabilasiga mansub oila. Yer yuzida 6 turkumga mansub 150 ga yaqin turi bor. Shim. yarim sharda keng tarqalgan. Oila vakillari, asosan, daraxtlardan iborat. Tanasi oq yoki sargʻish, katta yoshdagilarida qora dogʻlar paydo boʻladi. Bir uyli oʻsimlik. Gullari kuchalalarda oʻrnashgan. Barglari yirik, oddiy, ketmaket oʻrnashgan. Mevasi bir urugʻli, yassi.
Oʻrta Osiyoda 2 turi oʻsadi (q. Qayin). Apr. —may oylarida gullab, mevasi avgust—okt. da yetiladi. Qayindoshlardan manzarali oʻsimlik sifatida foydalaniladi.