QAYNASH

QAYNASH — suyuqlikning butun hajm boʻyicha shiddat bilan bugʻga aylanish jarayoni. Suyuqlikda hamisha erigan gazlar mavjud boʻlib, ular idishning tubi va devorlarida hamda suyuqlik ichida muallak slchib yurgan chang zarralarida maydamayda pufakchalarni hosil qiladi. t-ra koʻtarila borgan sari pufakchalardagi toʻyingan bugʻ miqdori va bosimi orta boradi. Itarib chiquvchi kuch taʼsirida pufakchalar yuqoriga qalqib chiqadi. Agar suyuqlikning yuqorigi qatlamlari t-rasi pastroq boʻlsa, koʻtarilayotgan pufakchalardagi bosim tez kamayadi va shunchalik tez puchqayib qoladi. Pufakchalarning devorlari bir-biriga urilib oʻziga xos shovqin chiqaradi. Pufakchalar ichidagi toʻyingan bugʻ bosimi suyuqlikdagi bosimga tenglashgach, pufakchalar puchqaymasdan koʻtarila boshlaydi, shovqin ham toʻxtaydi va Qaynash boshlanadi. Barqaror Qaynash jarayonida suyuqlikning t-rasi oʻzgarmaydi. Suyuqlikka berilayotgan butun energiya (issikdik energiyasi) suyuqlikni bugʻga aylantirishga sarf boʻladi. Oʻzgarmas bosim ostidagi suyuqlikning Qaynash jarayoni yuz beradigan t-ra qaynash t-rasi (G) debataladi. Qaynashtrasi toʻyingan bugʻ t-rasi (toʻyinish trasi) ga teng boʻladi. Har xil moddalar turli trada qaynaydi.

Prev Article

QAYMOQ

Next Article

QAYRAGʻOCH