QAYROQQUM — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar (1963-yildan). Qayroqqum suv ombori sohilida, Xoʻjand t. y. stansiyasidan 8 km. Aholisi 13 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Qayroqqum GES, gilam toʻqish, un tortish, uysozlik ktlari, qurilish tashkilotlari, temirbeton konstruksiyalari z-di, baliqchilik xoʻjaligi, dam olish uyi, turistik baza faoliyat koʻrsatadi.