QAYROQSOY — Surxondaryo viloyatidagi daryo. Xoʻjaipokning oʻng irmogʻi. 2860 m balandlikda, Boysuntogʻning sharqiy yon bagʻridagi buloqdan boshlanadi. Gumatak jilgʻasining quyilishidan (chapdan) Kelkensoy deb ataladi. Uz. 27 km, suv yigʻish maydoni 204 km2.