QIBRAY GES

QIBRAY GESBoʻzsuv kanalining oʻrta oqimida, Toshkent viloyati Qibray tumani Qibray GES qishlogʻida joylashgan. ChirchikBoʻzsuv suvenergetika traktitsagi 11GES. 1941-yilda qurila boshlab, 1943 yil sentyabrda ishga tushirilgan. GESda quvvati 11,2 MVt boʻlgan 1 ta agregat oʻrnatilgan. GES oʻzan tipida qurilgan boʻlib, sekundiga 80 m3 suv oʻtkazishga moʻljallangan. Qodiriya GES dan boshqariladi. 2003-yilda 96,2 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Prev Article

QIBRAY

Next Article

QIBRAY TUMANI