QISHKI OLIMPIADA

QISHKI OLIMPIADA, qishki olimpiada oʻyinlari — sportning qishki turlari boʻyicha jahon miqyosida oʻtkazilaligan turkum muso-baqalar. 1924-y. dan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan har 4 yilda oʻtkaziladi (1940, 1944-y. larda oʻtkazilmagan). 1908 va 1920-y. larda muz ustida figurali uchish, 1920-y. da shaybali xokkey Olimpiada oʻiinlari dastu-riga kiritilgan. Qishki olimpiadada biatlon. bobsley. kyorling, konkida uchish (500 m dan 10000 m gacha poyga. muz ustida figurali uchish), chana sporti. chan/i sporti, shaybali xokkey (q. Xokkey) boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi.

Qishki olimpiada oʻtkazilgan yillar va joylar: I Olimpiada oʻyinlari — 1924, Shamoni (Fransiya); II va V — 1928 va 1948, Sankt-Moris (Shveysariya); III va XIII – 1932 va 1980, Leyk-Plesid (AQSH); IV – 1936, Garmish-Parten-kirxen (Germaniya); VI — 1952, Oslo (Norvegiya); VII — 1956, Kortina dʻAmpesso (Italiya); VIII — 1960, Skvo-Velli (AQSH); IX va XII – 1964 va 1976, Insbruk (Avstriya); X — 1968, Grenobl (Fransiya); XI — 1972, Sapporo (Yaponiya); XIV – 1984, Sarayevo (Yugoslaviya); XV — 1988, Kalgari (Kanada); XVI — 1992, Albervil (Fransiya); XVII — 1994, Lillexammer (Norvegiya); XVIII – 1998, Nagano (Yaponiya); XIX — 2002, Solt-Leyk-Siti (AQSH).

Oʻzbekiston sportchilari Qishki olimpiada larda 1994-y. dan ishtirok etib keladi. Lina Cheryazova, Sergey Brener (fristayl), Tatyana Malinina (muz ustida figurali uchish), Komil va Elmira Urumboyevlar (changʻi sporti) kabi sportchilar Qishki olimpiada larda muvaffaqiyatli qatnashgan.

Prev Article

QICHITQI OʻT

Next Article

QISHKI SAROY