QISHLOQ

QISHLOQ — aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va q. x. ning boshqa sohalarida band boʻlgan aholi manzil-gohi. Qishloq faqat aholisining mashgʻuloti bilan emas, balki ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, tabiiy geografik va turmush tarzi bilan ham shahardan farq qiladi. Qishloq — Oʻzbekiston Resggublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishidagi eng quyi boʻgʻin. Q. ning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyati aholini yerdan qay darajada foydalanishi, joyning tabiiy-geografik shart-sharoitlari bilan bogʻliq. Shu bois Qishloqlar tarixan katta-kichik boʻlgan, turar joylar ham shunga qarab joylashgan. Tekis, sersuv va tuprogʻi serunum, umuman, tabiiy sharoiti qulay joylarda yirik Qishloqlar joylashib, aholi ancha gavjum yashagan, asosan, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullangan. Tekis, lekin suvi kam boʻlgan joylarda (choʻl va dashtlarda) aholi koʻproq chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Bunday joylarda Qishloqlar kichik, bir-biridan ancha uzokda, asosan, quduqlar yonida joylashgan. Togʻli hududlarda Qishloqlar koʻproq soy, buloqlar boʻyida tarkib topgan.

Qishloqlar umumiy bir markazga — qishloq fuqarolik yigʻinlariga ega boʻlgan, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan birbiriga uzviy bogʻlangan kichik aholi manzilgohlariga ham boʻlinishi mumkin. Ular Oʻzbekistonda mahallalarga ajraladi. Tarixda mahallalarning bir Qishloqga birlashishi aholining dehqonchilikning muayyan turi bilan shugʻullanishi, bir qabilaga mansubligi, bir ariqdan suv ichishi, hashar, toʻy va maʼrakalarni birga oʻtkazishi va sh. k. ga bogʻliq boʻlgan.

Qishloq kishilarning ijtimoiy va tarixiy tarkib topgan birligidir. Ularning vujudga kelishi jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻladi. Sanoatning rivojlanishi va urbani-zatsiya munosabati bilan dunyoda qishloq aholisi salmogʻi kamaymoqda. Oʻzbekiston Qishloq laridagi aholi salmogʻi ortmoqda. Buning asosiy sababi Qishloq larda aholining takror barpo boʻlish jarayonining shaharlardagiga nisbatan bir qadar jadal kechishidadir. 1970—90 y. larda Oʻzbekiston aholisining 60% Q. larda yashagan. Respublikada tugʻilishning nisbatan yuqoriligi maʼlum darajada oilalarning koʻpchiligi Qishloq sharoi-tida, Qishloq turmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bogʻliq. Mas, 1990-y. da Qishloq larda har 1000 kishiga 39 ta bola tugʻilgan boʻlsa, shaharlarda 26 ta bola tugʻilganligi qayd etilgan. Mustaqillik yillarida aholi turmush tarzida iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1995-y. da Oʻzbekiston Qishloq larida tugʻilishning yigʻindi koeffitsiyenti 4,12 ni tashkil etib, aholi takror barpo boʻlishining kengaygan turiga mansub boʻlsa, 2001-y. da bu koʻrsatkich 2,75 ga tushdi va aholi takror barpo boʻlishining oddiy (normal) turini taʼminlamoqsa. Bu holat Oʻzbekiston Qishloq oilalarida koʻp bolalilikdan oʻrtacha bolalilikka oʻtish jarayoni roʻy berayotganini koʻrsatadi.

Qadimiy Qishloqlar aholining mavsumiy manzilgohlaridan tashkil topgan. Oʻzbekiston hududidagi Qishloqlar dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan («Q» nomi ham shundan). Odamlar astasekin dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroqlik davriga oʻtgach, Qishloqlar koʻpaydi va kengaydi. Ibtidoiy jamiyat davrida shakllangan urugʻ birlashmalari oʻtroqlik davrida ham saqlanib, bir urugʻ bir Qishloqqa oʻrnashgan. Hoz. ayrim Qishloqlar oʻsha urugʻ nomi bilan yuritiladi. Keyinchalik urugʻlarning qabilalarga birlashishi natijasida yirik yoki bir-biriga yaqin joylashgan Qishloqlar paydo boʻldi. Mas, Kenagas, Manaq, Mangʻit, Mingli, Nayman, Mitan va b. Quldorlik davrida koʻp mamlakatlarda quldorlarning yerlarida ishlaydigan kishilarning bir joyga oʻrnashishi bilan ham Qishloq paydo boʻlgan. Bu Q. lar shu yer egasining nomi bilan yoki joyning geografik holatiga qarab atalgan. Hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishi bilan ham yangi Qishloqlar vujudga kelib, kengayib bordi. Karvon yoʻllarida, daryolarning kechuv joylarida ham Qishloq yuzaga kelgan: Yettikechuv, Qizilkechuv, Qorakechuv, Langar va b. Hunarmandchilik va savdo rivojlanib, dehqonchilik ajralib chiqa boshlagach, shaharlar yuzaga keldi. Ilk ijtimoiy formatsiyalarda aholining koʻpchiligi Qishloq larda yashaganligi uchun jamiyatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xususiyatlari Qishloq hayoti bilan belgilangan. Dastlabki davrlarda Qishloq jamoa boshligʻi, keyinchalik saylanadigan jamoa oqsoqoli yoki jamoa yigʻini tomonidan boshqarilgan. Qishloq larning tashqi koʻrinishi, qurilishi ham davrdan-davrga oʻzgarib borgan. Mas, Xorazm hududida, Sugʻdda 6—7-a. larda yangi tipdagi Qishloqlar — katta-katta boy oilalar yashaydigan qasr-qoʻrgʻonlar boʻlgan, oddiy dehqonlar esa mayda qoʻrgʻonchalarda yashardilar. Har bir qasr-qoʻrgʻonning atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan boʻlib, oʻrtasida koʻshki boʻlgan. Temuriylar davrida hoz. Oʻrta Osiyo hududida Qishloqlarni obodonlashtirishga, ariq va kanallar qazib, bogʻrogʻlar barpo qilishga ahamiyat berilgan. Yevropa mamlakatlarida sanoat, i. ch. ning rivojlanishi q. hayotiga ham kuchli taʼsir koʻrsatdi. Qishloqlar 20-a. ning 2-yarmida ancha rivojlandi. q. aholisining turmush tarzi yaxshilandi. Qishloq lardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot tarzi tubdan oʻzgardi. Soʻnggi davrda Qishloqlar kamayib, shaharlar salmogʻi ortib bordi. Hoz. da Qishloq aholisi jahon aholisining qariyb 53%ni tashkil etadi.

Yuridik maqomi. «Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgar-tirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisidagi» Oʻzbekiston Respublikasining 1996-y. 30 avg. dagi qonu-nida Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini oʻzgartirish, aholi punktlarini birlashtirish, maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish, nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish va b. vazifalar tegishli tuman hokimlarining ilti-mosnomasiga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi deyilgan.

Prev Article

QISHLIQ