QIYOQ

QIYOQ (qad. turkiycha — qiya, egri) , qil qiyoq — Koʻbizga yaqin qirgʻiz torlikamonli musiqa cholgʻusi. Choʻmichsimon kosaxonasi, sal egilgan dastasi, ot qilidan chiyra tilmasdan tortilgan 2 tori mavjud. Kosaxonaning pastki qismi teri bilan qoplanadi. Umumiy uz. 60—70 sm. Qiyoqda xalq qoʻshiqlari va doston kuylariga asoslangan asarlar hamda dasturli kuylar ijro etiladi. U, shuningdek, qirgʻiz oqin dostonchilariga joʻrnavoz soz vazifasini ham bajaradi.

Prev Article

QIYOT

Next Article

QIYOQ