QOʻCHQOR

QOʻCHQOR — sovliqlarni urugʻlantirishda foydalaniladigan erkak qoʻy. Zotli Qoʻchqorlar 1,5 yoshidan sovliqlarni qochirishga qoʻyiladi. Xoʻjalikda 7 yil foydalaniladi. Qoʻychilikda sunʼiy urugʻlantirish qoʻllanishi munosabati bilan Qoʻchqorlar 2 toifaga — asosiy nasldor Qoʻchqorlar va sinovchi Qoʻchqorlar guruhiga ajratiladi. Asosiy nasldor Qoʻchqor lardan sovliqlarni urugʻlantirish-da, sinovchi Qoʻchqor lardan suruv tarkibidan kuyikkan qoʻylarni aniqlash va ajratishda foydalaniladi. 120—180 bosh kichik guruh sovliqlar ichiga 3 bosh Qoʻchqor (60 sovliqqa bir sinovchi Qoʻchqor hisobidan) qoʻyiladi. Qoʻychilikda bir Qoʻchqor bilan 3000, hatto 5000 sovliqni sunʼiy urugʻlantirish mumkin. Odat-da, yetuk yoshdagi Qoʻchqor lardan olingan urugʻlar bilan bir mavsumda sunʼiy qochirishda oʻrtacha 300—500 bosh, erkin va qoʻlda qochirishda (tabiiy holda) esa 30—70 bosh sovliq urugʻlantiriladi. Nasl olish uchun qoldi-rilgan Q. lar tugʻilgan kunidan to 1,5 yoshga qadar doimiy nazorat ostida boʻladi va alohida parvarish qilinadi. Qoʻchqorlar donador va aralash yem, mineral moddalar va vitaminli hamda oqsilga boy ozuqalar bilan boqiladi.

Ayrim shoxdor Q. zotlari urishqoqligi bilan ajralib turadi. Oʻzbekistonda ommaviy xalq sayillarida Q. urishtirish tomoshalari juda qadimdan oʻtkazib kelingan.

Prev Article

QOʻTON

Next Article

QOʻCHQOROTA