QOʻLYOZMA — 1) keng maʼnoda — qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasi-da, kompyuterda koʻchirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati (avtografi);
2) qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarigacha Oʻrta Osiyoda matbaanashriyot ishlarining sustligi sababli Qoʻlyozma holida kitob tay-yorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan (q. Xattotlik). Qad. Qoʻlyozmalar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeogra-fiyada oʻrganiladi;
3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn.