QOʻNGʻIZLAR

QOʻNGʻIZLAR, qattiqqanotlilar — hasharotlar turkumi. 140 oilasi, 300 mingdan ortiq turi maʼlum. Qoʻngʻizlarning tana uz. 0,25—180 mm. Yumshoqtanlilar oilasining vakillaridan boshqalarida tana qoplami sklerotlashgan. Bosh, koʻkrak, qorin qismlari bir-biridan aniq chegaralangan. Oldingi juft qanotlari qattiq ustqanot (elitra)ga aylangan boʻlib, qorin va ikkinchi — orqa juft parda qanotlarini himoya qiladi. Toʻla oʻzgarish bilan rivojlanadi (q. Hasharotlar). Ovalsimon tuxumlari silliq qobiq bilan oʻralgan. Lichinkalari 2 xil: kampodesimon — harakatchan, oyoqlari yaxshi rivojlangan, yirtqich (mas, sassiq qoʻngʻizlar, yumshoqtanlilar, bitxoʻr xonqizi qoʻngʻizlari va b.) va eruksimonlar — seret, kamharakat.

Qoʻngʻizlarning koʻpchiligi q. x. ekinlari, daraxt va oziq-ovqat mahsulotlarining zararkunandasi (yana q. Ombor zararkunandalari). Yetuk hasharotlar hamda ular lichinkalarining shikastlash xarakteriga qarab, Qoʻngʻizlar barg kemi-ruvchilar (mas, bargxoʻrlar, uzun-tumshuklar va b.), poʻstloq osti yoki yogʻochda rivojlanuvchi p oya-tana kemiruvchilar (tilla qoʻngʻizlar, poʻstloqxoʻrlar, uzun moʻylov qoʻngʻizlar va b.), tuproqdagi ildiz kemiruvchilar (asosan, may qoʻngʻizi lichinkalari, qora Qoʻngʻizlar qirsildoq Q), meva va urugʻ zararkunandalari (nay oʻrovchilar, urugʻ-xoʻrlar, donxoʻrlar va b.), gʻalla mahsulotlari vateri zarar-kunandalariga boʻlinadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida foydali Qoʻngʻizlar (xonqizi qoʻngʻizlari, sassiq qoʻngʻizlar) ham yashaydi. Goʻngxoʻr Q, oʻlimtikxoʻr q. kabi turlari chirindi va oʻlimtiklar bilan oziqlanib, tabi-atda sanitar vazifasini oʻtaydi.

Prev Article

QOʻNONBOYEV

Next Article

QOʻNGʻIR