QORACHIQ — koʻzning yoy pardasidagi «tirqish». Yorugʻlik nurlari Qorachiq orqali koʻz ichiga kiradi. Oʻta yorugʻda Qorachiq torayadi, xira yorugʻ yoki qorongʻida, shuningdek, kishi ogʻriqdan iztirob chekkanda va o. taʼsirotlarda u kengayadi. Qorachiq reaksiyalarini tekshirish muhim diagnostik ahamiyatga ega (yana q. Koʻz).