QORASUV

QORASUVAndijon viloyatidagi shahar (1990-y. dan). T. y. stansiyasi. viloyat markazi (Andijon sh.)dan 60 km. Aholisi 29,2 ming kishi (2005). Qorasuvda bir necha sanoat korxonasi. Qurilish tashkilotlari, avtokorxona, aloqa boʻlimi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kolleji, kutubxona, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Kasalxona, poliklinika, dorixona va b. tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Qorasuvdan Andijon sh. ga va tuman markaziga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Prev Article

QORAPOʻCHOQ

Next Article

QORASUV