QORATOV

QORATOV — Tyanshan togʻlarining shim.-gʻarbiy tarmogʻi. Uz. 420 km dan ziyod. Qozogʻistonning Jambul, Jan. Qozogʻiston va Qiziloʻrda viloyatlari hududida joylashgan. Shim.-sharqdan ChuSarisuv, jan. va jan,-gʻarbdan Sirdaryo botiqlari bilan oʻralgan. Eng baland joyi 2176 m (Bessoz togʻi).

Qoratovning suvayirgʻich qismi tekislangan yuzalardan iborat. Yon bagʻirlari asimmetrik tuzilishga ega: shim.-sharqiy yon bagʻri tik. Tizma gersin burmalanishi davrida shakllangan va yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilayotgan gumbazsimon-palaxsa tipidagi antiklinoriydir. Slanes, qumtosh, konglomerat, gneys, ohaktosh, dolomitlardan tashkil topgan. Quyi paleozoy davri ohaktoshlari, ayniqsa, keng tarqalgan. Bularda karst jarayonlari yaxshi rivojlangan boʻlib, karst voronkalari, botiqlari, gʻorlari kabi relyef shakllari hosil boʻlgan. Qoratovda yirik fosforit va polimetall ruda konlari (Mirgʻalimsoy, Kentov, Achisoy va b.) ochilgan va qazib olinmoqda.

Prev Article

QORATIKAN

Next Article

QORATOV