QORAXONIYLAR

QORAXONIYLAR, xoniylar, xoqoniylar — Qoraxoniylar davlatini boshqargan xoqonlar sulolasi. «Qoraxoniylar» iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qoʻllanilib, davlat hukmdorlari «qoraxon» — buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois sharq-shunos olim V. V. Grigoryev sulolaga «Qoraxoniylar», deb nom bergan va u ilmiy adabiyotlarda mustahkam oʻrnashib qolgan. Qoraxoniylarning yirik vakillari: Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon (859 — 955), Muso ibn Abdulkarim (955— 970), Hasan ibn Sulaymon (977—992), Ahmad ibn Ali Arslonxon (998—1017; hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn Ali qoʻlida boʻlgan, u Movarounnahrni bosib olgan), Mansur ibn Ali (1017—26), Ibrohim ibn Nasr Tamgʻachxon (1040—70), Ars-lonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102—30). 1130-y. dan saljuqiylarta, 1140-y. lar boshida qoraxitoylarga qaram boʻlgan. Qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohim 1212-y. Muham-mad Xorazmshoh tomonidan agʻdarilib qatl qilingan.

Prev Article

QORAXITOYLAR

Next Article

QORAXONIYLAR DAVLATI