QOʻRGʻONTEPA — Tojikiston Respublikasidagi shahar. Xatlon viloyati markazi. Vaxsh vodiysida, Vaxsh dar-yosining chap sohilida, oʻrtacha 428 m balandlikda. Dushanba sh. dan 99 km jan. da joylashgan. T. y. stansiyasi (Q. orqali Termiz — Yovon t. y. oʻtgan). Aholisi 60,5 ming kishidan ziyod (2001). Yozma manbalar va arxeologik topil-malar tasdiqlashicha q. kushonlar davrida (1 — 4-a. lar) vujudga kelgan va oʻsha paytda Levakand deb yuritilgan. Arablar istilosigacha shahar obod boʻlgan. pul zarb qilingan. 7—8-a. larda shahar xalifalik tarkibida, 13-a. dan moʻgʻullar, soʻng Temuriylar va Shayboniylar tasarrufida boʻlgan. 16-a. da shahar ancha ravnaq topdi. Qoʻrgʻontepaning hoz. nomi tarixiy manbalarda ilk bor 17-a. dan uchraydi. Shahar yonidagi baland tepalik kushonlar davridan qolgan qoʻrgʻon xarobasi deb taxmin qilinadi.
Transformator taʼmirlash, mexanika, paxta tozalash, gʻisht, sut, pivo, mevasabzavot konserva, yogʻ-moy z-dlari, non, goʻsht, don mahsulotlari i. ch., maishiy xizmat koʻrsatish k-tlari, «Tojikatlas» korxonasi, tikuvchilik i. ch. birlashmasi ishlab turibdi. Ped. universiteti, energetika texnikumi, hunar-texnika bilim yurtlari, tib-biyot va pedagogika oʻrta maxsus bilim yurtlari. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari bor. Shahar markazida ismoil Somoniyga haykal oʻrnatilgan.