QOSIMOV Akmaljon (1937.20.2, Shahrixon sh. — 2004.23.6, Toshkent) — biokimyogar, Oʻzbekiston FA akad. (2000), biol. fanlari d-ri (1978), prof. (1978). ToshDUni tugatgan (1961). ToshDU biofizika kafedrasida assistent (1964-66), katta oʻqituvchi (1966), dotsent, tuproqshunoslik f-ti dekan oʻrinbosari (1969—73), oʻsimliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri (1973—76), Andijon pedagogika in-ti rektori (1976—92), viloyat hokimi oʻrinbosari (1992—93), Andijon un-ti rektori (1993—95), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi oʻrinbosari (1995 — 2000). OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi (2000—04). Ilmiy ishlari radioaktiv nurlanish, metallarning ultradispersiyali kukuni. past harorat va tuzlarning hujayra hamda organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga taʼsirini oʻrganishga bagʻishlangan.
As: Mitoxondriya i xloroplastы, T., 1984 (v soavtorstve); Vliyaniye raliatsii na energiticheskuyu sistemu rasteniy. T.. 1985; Kletka i kletochnme strukturn. T., 1986; Biokimyo [darslik], T., 1988 (hamkorlikda); Biokimyodan amaliy mashgʻulotlar, T, 1989 (hamkorlikda); Biologiya m[aʼlumotnoma]. T, 1998 (hamkorlikda).