QOYA — qattiq tub jinslardan iborat tik koʻtarilgan choʻqqi, jarlik, tepa. Asosan, nurash natijasida qattiq togʻ jinslarining ochilib, yer yuzasiga chiqib qolishidan hosil boʻladi. Joy nomlari tarkibida ham koʻp uchraydi. Mas, Koʻkqoya togi (Pomirda), Qizilqoya dovoni (Qirgʻizistonda), Qoyakent (Dogʻistonda) va h. k.