Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

QOZONKETKAN

QOZONKETKANQoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1992-y. dan). Yaqin t. y. stansiyasi — Qushtungil (60 km). Qozonketkandan Nukustacha 100 km. Aholisi 4,2 ming kishi (2005). Gʻisht z-di, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MTP, xususiy korxonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kolleji, bolalar musiqa maktabi, madaniyat saroyi, tuman markaziy kutubxonasi, tuman markaziy kasalxonasi, dorixona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Qozonketkandan Nukus sh. ga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Prev Article

QOZON XONLIGI

Next Article

QOZONLIQ