Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

QUBOD I

QUBOD I, Qavad (? – 531) – Sosoniylar davlati shohi (488—496, 499 — 531). Zodagonlar va kohinlarning siyo-siy va iqtisodiy qudratini zaiflashtirish maqsadida mazdakiylar haraka-tiga qoʻshilgan va ularning dasturiga mos keladigan bir qancha islohotlar oʻtkazgan. Taxm. 496-y. zodagonlar Qubod I1 ni taxtdan agʻdarib, oʻrniga ukasi Zamaspni oʻtqazishgan. Qubod I1 eftaliylar huzu-riga qochib borgan, ularning harbiy yordamida taxtini qaytarib olgan (499). Shundan soʻng zodagonlarga qarshi qaratilgan siyosatini davom ettirgan, mazdakiylik tarafdorlariga yuqori mansablar bergan. Vizantiyaga qarshi muvaffaqiyatli urush olib borgan (502 — 505 yoki 506); shim. gunnlarning bosqinini qaytargan. Qubod I1 davrida bir qancha shaharlarga asos solingan, sugorish kanallari tarmogʻi kengaygan va b., shuningdek Q1 ning oʻgʻli Xusrav I Anushirvon davrida nihoyasiga yetgan ichki islohotlarga tayyorgarlik ishlari boshlangan. Q1 hukmronligining oxirida mazdakiylar bilan aloqasini uzgan va 3-oʻgʻli Xusrav (Q.1 ning katta oʻgʻli — Qovus mazdakiylar tarbiyasini olgan) yordamida mazdakiylar tarafdorlarini qatagʻon qilishni tashkil, etgan (528/529). 527-y. dan Vizantiya bilan qaytadan urush boshlagan; u Q. I ning oʻlimidan soʻng ham davom etgan.

Prev Article

QUBOD

Next Article

QUBODIYON