QULF

QULF — 1) eshik, darvoza, sandiq, javon va b. ni qulflash uchun moʻljallangan, kalit bilan ochilib-yopiladigan moslama. Asosan, metalldan yasaladi. Dastlab, Ossuriya, Bobil va Misrda taxm. mil. av. 2 – ming yillikda yaratilgan. Qulf tuzilishi va mexanizmining ishlashiga qarab, turli shakldagi quzgʻaluvchan plastinalar majmuidan iborat suvaldali, suvalda-siz, silindrik, maxfiy xillarga boʻlinadi. Suvaldali Qulfda kalit tilining chiqiqlari maʼlum pla-stinalar qirralari bilan mos kelgandagina buraladi va Qulf ochiladi yoki yopiladi. Maxfiy Qulf larda odatdagi Qulf mexanizmlari ele-mentlaridan tashqari ularni kalit bilan yoki kalitsiz ochishga imkon beradigan harfli yoki raqamli shifr boʻladi. Maxsus Qulf turlari (mas, zargarlik buyumlarida qoʻlla-niladigan Qulflar) ham bor;

2) meʼ-morlikda — gumbaz, ravoq tepasidagi oʻrta qism.

Prev Article

QULUPNAY

Next Article

QUM