QULJUQTOV

QULJUQTOVNavoiy viloyatidagi togʻ. Qizilqumdagi qoldiq togʻlardan biri, Jan. Qizilqumning chekka qismida. q. nisbatan past togʻ boʻlib, eng baland joyi 785 m. Geologik jihatdan Quljuqtov paleozoy davrining ordovik vulkanogen terrigen va qisman, kar-bonat jinslaridan hamda silur, devon, quyi karbon davrlarining karbonatli, oʻrta va yuqori karbonning vulkanogen-terrigen yotqiziqlaridan tashkil topgan. Yuza qismi paleozoy davrining granit, alevrolit kabi jinslari bilan qoplangan. Iqlimi keskin kontinental. q. quruq va issiq iqlim sharoitida ekzogen jarayonlarga koʻproq duch kelgan, natijada yemi-rilib pasayib qolgan. Uning shim. yon bagʻri qiya va koʻplab quruq oʻzanlar bilan kesilgan. Bahorda bu oʻzandan qisqa muddat suv oqadi. Iyulda eng yuqori t-ra 48°, yanv. da eng past t-ra —28,5°. Yillik oʻrtacha t-ra 15,2°. Yillik yogʻin 104 mm. Foydali qazilmalardan oltin, grafit, volfram va b. bor. Togʻ etaklarida qumloq tuproq va mustahkamlangan qum uyumlari mavjud. Shuvoq, boyalich, soy etaklarida esa yulgʻun uch-raydi. Hayvonlardan qoʻshoyoq, tulki, chiyaboʻri, kaltakesak, toshbaqa, charx ilon, koʻzoynakli ilon, togʻ etaklarida yumronqoziq yashaydi. q. va uning etagidagi yerlardan chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalaniladi.