QUM

QUM — bir-biri bilan birlashmaydigan, mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi. Togʻ jinslarining mayda boʻlakcha (parcha)lari va turli minerallarning dumaloq va qirrali zarrachalaridan tarkib topgan.

Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra Q. daryo, koʻl, dengiz, flyuvioglyatsial, elyuvial, prolyuvial va eol Qum larga boʻlinadi. Odatda, Qumning oʻlchami 0,05 mm dan 2 mm gacha boʻladi. Ular mayda donachali (0,1—0,25 mm), oʻrta donachali (0,25—0,5 mm), yirik donachali (0,5—1 mm) va juda yirik donachalidir (1—2 mm). Q, mineralogik tarkibiga koʻra, kvarsli, glaukonit-kvarsli, dala shpati-kvarsli va b. turlarga boʻlinadi. tarkibiy qismiga qarab, bir mineralli (oligomikt) va koʻp mineralli (polimikt) q. farq qilinadi. q. konlari keng tarqalgan. Qumda oltin, platina, olmos, sapfir, rubin, sirkon, rutil, tita-nit, ilmenit va b. koʻpgina qimmat-baho minerallar mavjud; bu minerallarning bir qismi foydali qazilma sifatida ajratib olinadi. Tabiiy va sunʼiy (togʻ jinslarini maydalash yoʻli bilan olinadigan) Qumdan qurilishda va qurilish materiallari i. ch. da; kvarsli Qumdan shisha, chinni, fayans, qurilish keramikasi i. ch. hamda quyma shakllar yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi.

Prev Article

QULF

Next Article

QUM