QUMQOʻRGʻON — Surxondaryo viloyati Qumkoʻrgʻon tumanilagi shahar, tuman markazi (1971-y. dan), Surxondaryoning oʻng sohilida, Janubiy Surxon suv omborish quyi qismida joylashgan. T. y. stansiyasi. Aholisi 12,3 ming kishi (2005).
Qumqoʻrgʻonga dastlab 1930-y. larda Qumqoʻrgʻon kanalining qazilishi va shu nomdagi qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi munosabati bilan asos solingan. 1950-y. larda Sherobod — Qiziriq massivida sugʻoriladigan yerlarni kengaytirish maqsadida boshlangan Janubiy Surxon suv ombori qurilishi bilan Qumqoʻrgʻon kengaytirildi, obodonlashtirildi. Shaharda «Surxon» kti (temir-beton buyumlari ishlab chiqariladi), taʼmirlash-mexanika, paxta tozalash z-dlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, neftni saqlash va sisternalarga quyish es-takadasi, non kti va b. sanoat korxonalari, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi va b. madaniyat muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va b. sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar mavjud.
Qumqoʻrgʻondan Toshkent — Dushanba t. y. va Termiz — Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan. Yangi qurilayotgan Qumqoʻrgʻon — Toshguzar — Boysun t. y. ning 112 km qismida poyezdlar qatnaydi. Qumqoʻrgʻondan Termiz sh. ga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.