QURUM

QURUM — togʻlarning yon bagʻirlari, yassi tepaliklar va daryolar oʻzanlaridagi yalang nuragan tosh uyumlari va sochilmalari. Qattiq togʻ jinslarining fizik nurashi natijasida hosil boʻladi. Qurum ogʻirlik kuchi va suvning toshlar orasida muzlab, yana erishi oqibatida togʻ yon bagʻirlari boʻylab pastga siljib turadi. Ular togʻlarda yurish uchun noqulay, xavfli joy hisoblanadi. Qurumlar surilib, tosh oqimlari, koʻchkilarni hosil qiladi. Qurumlar yuzasining qiyaligi 30— 40° chamasida boʻladi. «Qurum» atamasi joy nomlari tarkibida ham uchraydi, mas, Markaziy Osiyodagi Qoraqurum togʻlari, Tyanshandagi Chaqirqurum dovoni, Qirgʻizistondagi Qurumdi choʻqqisi va h. k.

Prev Article

QURULTOY

Next Article

QURUMDI CHOʻQQISI