QURUQLIK — Yer yuzasining dengiz va okeanlardan xoli boʻlgan qismi. Mayd. 149,1 mln. km2, butun yer yuzining 29,22%ni tashkil etadi. Quruqlik materik (Shimoliy Amerika, Janubiy Ame-rika, Afrika, Yevrosiyo, Antarktida, Avstraliya), orol va yarim orollardan iborat boʻlib, Yer sharida notekis taq-simlangan. Shim. yarim sharda Quruqlik 39% boʻlsa, Jan. yarim sharda 19%. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi suv, Sharqiy yarim sharning katta qismi esa Quruqlikdan iborat. Materiklarning dengiz tagida davom etgan va chuq. 200 m gacha boʻlgan qismlari ham Quruqlik larga kiritiladi. Chunki ularning tektonik tuzilishi Quruqlik nikiga oʻxshaydi. Quruqlik aba-diy emas, Yer poʻstining asta-sekin pasayib borishi natijasida dengiz ostiga tushishi yoki asta koʻtarilib dengiz hududlari Quruqlikka aylanishi mumkin. Mas, Oʻrta Osiyo hududi paleozoy erasi boshlarida dengiz os-tida boʻlgan va 20 mln. yil ilgari Quruqlikka aylangan.