QUSHBEGI

QUSHBEGI, qushchi — tarixiy ata-ma. Oʻrta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va oʻtkazishga javobgar boʻlgan. Qushchilar qarchigʻaychi degan nom bilan ham atalgan. Xiva xonligida Qushbegi mehtarsln keyin turgan. U xonlikning shim. qismiga mutasaddi boʻlgan; Qoʻqon xonligitsa Qushbegi harbiy qoʻshinning boshligi boʻlib, bu mansab harbiy yurish va jang paytlarida berilgan. Qushbegi mingboshi unvonini olishga daʼvogar boʻlgan.

Prev Article

QUTURGʻURLAR

Next Article

QUSHLAR