QUYI SHIMOLIY KALIFORNIYA

QUYI SHIMOLIY KALIFORNIYA — Meksikaning shim.-gʻarbiy qismidagi shtat. Asosiy qismi Kaliforniya ya. o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 70,1 ming km2. Aholisi 2,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Mexikali sh. Iqtisodiyotida yetakchi tarmoq — q. x. Sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Chor-vachiligi goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Dengizdan baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, sement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Avtomo-bil yoʻllari shtatning shim. ni uning jan. qismlari bilan bogʻlaydi.

Prev Article

QUYI CHIRCHIQ TUMANI

Next Article

QUYMACHILIK