QUYOSH

QUYOSHquyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033 g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109-marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m3. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Quyosh sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Q. sirtidagi effektiv t-ra, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng. Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021 kg. Quyosh oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung — Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Quyoshning spektral sinfi S2U.

Q. Galaktikamizspiraltarmoqlarid an birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan (q. Parsek). Q. Galaktika markazi atro-fida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nis-batan Quyosh sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Quyoshning yoshi 5T09yil.

Quyosh optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Quyoshning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.

1611-y. da G. Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Kuyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Nemis astronomi G. Shvabe esa 1843-y. da Quyosh oʻzgarishining soni yoki Quyosh faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814-y. da Y. Fra-ungofer Quyosh spektrida yutilish chiziqlarini, 1859-y. da nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Quyoshning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. Bu Q. ning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol oʻynadi. 1913-y. da amerikalik as-tronom J. Xeyl Quyosh dogʻlari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Quyosh sirtida kuchli mag-nit maydonlari borligini kashf etdi (q. Quyosh magnetizmi). 1940-y. lar boshida Quyosh radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqchandi. 1942-y. da shved olimi B. Edlen va b. olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni koʻp marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziklari ekanini aniqladi, shu bilan Quyosh tojining yuqori t-raga egaligini kashf etdi. 20-a. ning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki boʻldi. Kosmik eraning boshlanishidan soʻng Quyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar boʻlgan kosmik lab. lar yordamida oʻrganilmoqsa. Qrim, Pul-kovo va b. rasadxonalarida, koʻpgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida ham Quyoshni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda (q. Astronomiya).

Quyosh oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Quyosh ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng. Quyoshning toʻla nurlanishi Quyosh zenitda boʻlganda Yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) boʻyicha aniqlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Q. ning yorugʻlik kuchi 2,84-1027 shamni tashkil qiladi. Quyoshning toʻla nurlanish quvvati 3,83T026 Vt, undan Yerga taxm. 2T017 Vt yetib keladi.

Quyosh osmonda burchak diametri oʻrtacha 1919»26 ga teng disk singari koʻrinadi. Quyosh sirtining oʻrtacha ravshanligi (Yer atmosferasidan tashqarida kuzatilganda) 1,98T09 nt, Quyosh diskining markaziy qismlari ravshanligi 2,48T0Ch nt ga teng. Quyosh diskida ravshanlikning markazidan chetga tomon kamayishi spektrning turli qismlari (toʻlqin uzunliklari)da turlicha. Qisqa toʻlqinlarda chetga tomon xiralashish uzun toʻlqinlarga qaraganda kuchli. Quyosh diskining eng chetida ravshanlik bir sekund burchak ichida yuz marta kamayadi, shuning uchun Quyosh diski cheti juda aniq koʻrinadi. Rav-shanlikning Quyosh diski markazidan chetga tomon kamayishi Quyosh atmosferaga egaligidan dalolat beradi. Quyoshni tekshirish asosan uning spektrini oʻrganishga asoslangan.

Quyosh spektri mingdan ortiq yutilish chiziklari (Fraungofer chiziqlari) bilan kesilgan tutash spektrdan iborat. q. spektrida energiyaning taqsimlanishi 6000°K gacha qizigan mutlaq qora jism spektrinikiga asosan mos keladi.

Fraungofer chiziqlarining toʻlqin uzunligi va intensivligi lab. nur manbalariniki bilan taqqoslanib, Quyoshda 69 kimyoviy element borligi aniqtangan. Quyosh, asosan, vodorod va geliydan tarkib topgan. Har bir 1000 vodorod ato-miga 100 ta geliy, bir necha oʻn kis-lorod, uglerod, azot va b. element atomi toʻgʻri keladi. Quyosh spektrida ayrim molekulalar (ON, N14, SN, SO va b.) ning ham chiziqlari bor.

Quyosh atmosferasi tabiatiga koʻra, 3 ta asosiy qatlam, yaʼni eng pastki qatlam — fotosfera, oʻrta qatlam — xro-mosfera va tashqi qatlam — quyosh tojidan iborat. Quyoshning qariyb barcha nurlanish energiyasi fotosferadan sochiladi. Fotosferaning modda zichligi 3-10 ~7 g/sm3, fotosferada t-ra tashqi qatlamlarga oʻta borib kamayadi va uning oʻrtacha qiymati taxm. 6000 K, fotosfera chegarasida deyarli 4200 K boʻladi. Bosimi 2-104 dan 102 N/m2 gacha oʻzgarib turadi. Fotosfera ostida qalinligi 200 ming km konvektiv zona joylashgan. U fotosferaga taʼsir etib turadi, natijada fotosferaning ravshanligi notekis donador (granula) tuzilishga ega va u oʻzgarib turadi. Fotosfera granulalarining diametri 150—1000 km, «yashash davri» 5—10 min. Granulalarning ravshanligi oʻrtacha fondan =10% ga ortiq. Fo-tosferada radial yoʻnalishda kvazidavriy tebranishlar harakati topildi. Bu tebranishlar 2—3 ming km oʻlchamdagi maydonlarda 5 min. davr bilan va 500 m/sek tezlik amplitudasi bilan sodir boʻladi. Bir necha tebranish davrlaridan soʻng soʻnib, yana qayta hosil boʻlishi mumkin.

Fotosferada dogʻlar va mashʼallar deb ataluvchi Quyosh yuzasining detallari kuzatiladi. Quyosh dogʻlari kuchli (5000 e) magnit maydoniga ega. Odatda, Quyosh dogʻlari yuliq toʻrsimon yorugʻ maydon-chalar — mashʼallar bilan oʻralgan. Ular Quyosh diski cheti yaqinida yaqqol koʻrinadi va ravshanligi atrofnikidan 18% ga ortiq. Mashʼallarning t-rasi ham atrofnikidan bir necha yuz gradusga ortiq. Mashʼallar ustida, xromosfe-rada flokkulalar kuzatiladi. Quyosh dogʻlari atrofida xromosfera va Quyosh tojida protuberaneslar deb ataluvchi gaz bulutlari, sirtmoqsimon gaz oqimlari ham kuzatiladi. Quyosh atmosferasining bu detallari Quyosh dogʻlari bilan bir-galikda Quyosh yuzasining aktiv sohalarini tashkil etadi.

Quyosh dogʻlarining oʻrtacha yillik soni, faol sohalarining soni 11 yillik davr bilan koʻpayib-kamayib turadi. Quyosh dogʻlari Quyosh ekvatorining ikkala tomo-nidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni oʻz ichiga olgan zonada uchraydi.

Fotosfera ustida xromosfera joylashgan. Quyosh toʻla tutilgan paytda xromosferani maxsus teleskop orqali kuzatilsa, u xuddi Oy diskini oʻrab turuvchi qizgʻish halqaga oʻxshaydi. Bu halqaning tashqi tomoni note-kis boʻlib, tishli gʻildirakni eslatadi. Xromosferadagi bu alanga «til-cha»lari spikulalar deb ataladi va ularning diametri 200—2000 km, balandligi esa 10000 km. Xromosfera teleskopi yordamida maʼlum monoxro-matik nurda Quyosh diskida mayda (-1000 km) va yirik (2000—8000 km) yorugʻ tugunlardan tashkil topgan xromosfera toʻri koʻzga yaqqol tashlanadi. Xro-mosfera toʻri koʻzlarining kattaligi 30—40 ming km.

Xromosfera spektri bir necha yuz emission chizikdardan tarkib topgan. Xromosferada modda zichligi pastdan yuqoriga tomon 1 sm3 da 1015 atomdan 10ʻ atomgacha kamayib boradi. Xromosfera bilan fotosfera chegarasida t-ra 4500°K. Xromosfera asosidan bir necha ming km balandlikda esa t-ra ortib, 15—20 ming K ga yetadi. Atmosfera bosimi fotosferanikidan mln. marta kam. Monoxromatik nurda, odatda, mashʼallar ustida flokkulalar, vodo-rod chizigʻi Na nurida qora tolalar kuzatiladi. Quyosh gardishi yaqinida protu-beraneslar koʻrinadi. Flokkulalar va protuberaneslarning soni Quyosh faolligi oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadi. Pro-tuberaneslarning Quyoshdan oʻrtacha bal. 30—50 ming km, uz. 200 ming km. Pro-tuberaneslar bir necha oy yashashi mumkin. Protuberaneslar t-rasi 5000 — 10000°K, modda zichligi xromosferaning oʻrtacha zichligiga yaqin. Protube-raneslarning shakli va ulardagi harakat xromosfera bilan Quyosh tojidagi magnit maydoniga bogʻliq.

Quyosh tojining (oq nurda) ravshanligi Quyosh gardishi markazinikidan million marta kam. Quyosh tojida qal-qonsimon va yelpigʻichsimon yogʻdu, toj nurlari va qutb chyotkalari deb ata-luvchi struktura elementlarini kuza-tish mumkin. Quyosh toji Quyosh faolligi maksimum boʻlgan yillarda simmet-rik, minimum boʻlgan yillarda esa ekvator boʻylab choʻziq shaklda boʻladi. Quyosh toji spektrida koʻp marta ionlashgan. Gʻye, Sa, M§, S, O, 8 ele-mentlari atomlarining emission chiziklari bor. Quyosh tojida barcha atomlar ionlashgan. Quyosh tojining oʻrtacha t-rasi 106 K dan ortiq va toj boʻylab sekin oʻzgaradi. Xromosfera bilan Quyosh chegarasidagi t-ra 105K; 1 sm3 hajmga 107 atom toʻgʻri keladi. Quyosh tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elek-tron)lar sochilib turadi va bu oqim quyosh shamoli deb ataladi. Faol sohalar ustidagi tojda radionurlanish, shuningdek, rentgen nurlanishi ni-hoyatda kuchli, Quyoshdagi xromosfera chaqnashlari vodorod chizigʻi Ns< da yaxshi koʻrinadi. Spektral chiziqlar paydo boʻladigan xromosfera soh&tarida t-ra (1 — 2)• 104 K, undan yuqorida 107 K gacha koʻtariladi. Quyosh chaqnashlarining yuzasi 10ʻ km5 gacha boʻlishi mumkin. Odatda, chaqnashlar tez rivojlanayotgan Quyosh dogʻlari atrofida roʻy beradi. Chaqnashlar Qning ultrabinafsha nurlanishini kuchaytiradi, qisqa muddatli kuchli radio va rentgen nurlanishlari, yuqori energiyali (1010 eV) korpusku-lyar oqimni hosil qiladi. Ayrim chaqnashlar yuqori energiyali zarra (pro-ton) larning oʻta kuchli oqimi — kos-mik nurlarpn beradi. Bunday chaqnashlar kosmik fazodagi kosmonavtlar salomatligiga xavf tugʻdiradi. Quyoshda sodir boʻlib turadigan bunday jarayonlarni qayd qilish va oʻrganish maqsadida quyosh xizmati nomli kuzatish dasturi ishlab chiqilgan. Quyosh sirtida yuz beradigan barcha hodisalar, oʻz navba-tida, Yer atmosferasi, magnitosferasi va biosferasida roʻy beradigan koʻpgina jarayonlarga taʼsir koʻrsatadi (q. Quyosh — Yer bogʻliqligi, Kuyosh radiatsiyasi).

Quyoshni kuzatishda katta koʻzguli teleskoplar ishlatiladi. Bu teleskoplar optik qismlarining koʻpi qoʻzgʻalmas, q. nurlari bitta (gelio-stat, siderostat) yoki ikkita (selo-stat) olam oʻqi atrofida aylanuvchi koʻzgu yordamida teleskopning qoʻzgʻal-mas optik qismlariga gorizontal (gorizontal quyosh teleskopi) yoki vertikal (minorali quyosh teleskopi) holda yoʻnaltiriladi. Odatda, katta teleskoplar kuchli spektrograflar bilan birga ishlatiladi. Quyosh spektri rasmga olinadi yoki fotoelektrik oʻlchash asboblari yordamida qayd qilinadi. Yer atmosferasini kuza-tishda zararli taʼsirlarni bartaraf qilish maqsadida Quyosh teleskoplari oʻrnatilgan orbital rasadxonalar yordamida Yer sathidan 20^25 km balandlikka koʻtariladigan maxsus Quyosh teleskoplari qoʻllanadi.

Sobit Ilyosov.

Prev Article

QUYONQULOQ

Next Article

QUYOSH DOGʻLARI